NasiAI Telegram’da ochish

Umumiy chekni do‘stlar orasida bo‘ling, qarzni NasiAI eslab qoladi

Chek rasmini Telegram’dagi botga yuboring: NasiAI qatorlarni o‘qiydi, kim nima yeganini belgilaysiz, hisobot guruhga bir bosishda ketadi.

Ro‘yxatdan o‘tish yo‘q: Telegram akkauntingiz bilan ishlaydi.

Qanday ishlaydi

1-qadam

Chekni yuboring

Rasmini botga tashlang yoki qatorlarni qo‘lda yozing. Uzun chekning ikki-uch rasmi bitta chekka qo‘shiladi.

2-qadam

Kim nima yeganini belgilang

Har qatorni odamlarga bering: teng, porsiya yoki nisbat bo‘yicha. Do‘stlar o‘z taomlarini o‘zlari belgilashi ham mumkin.

3-qadam

Hisobotni guruhga yuboring

Kim qancha to‘lashi va karta raqami bitta xabarda. Do‘st «To‘ladim» bossa, siz tasdiqlaysiz va qarz yopiladi.

Haftalik xulosaHar dushanba 10:00 da kim qancha va necha kundan beri qarzdorligi.
Bank xabariHUMO yoki CardXabar xabarini botga yuborsangiz, qaytgan pulni o‘zi topadi.
Do‘stlar uchun sahifaHar kim o‘z ulushini va cheklarini o‘z sahifasida ko‘radi.
O‘zbek va rus tilidaBot ham, ilova ham ikkala tilda ishlaydi.

Narxlar

Faqat chek rasmini o‘qish pullik, qolgani bepul. To‘lov Telegram Stars bilan, Telegram’ning o‘zida.

Bepul

Qo‘lda kiritish, qarzlar, hisobot, eslatmalar va do‘stlar sahifasi cheklovsiz. Reklama yo‘q.

Chek rasmini o‘qishkuniga 5 tagacha10 / oy

Paketlar

Bepul o‘qishlar tugasa. Muddati yo‘q, aniqroq model bilan o‘qiladi.

30 ta o‘qish≈ 17 000 so‘m75 Stars
100 ta o‘qish≈ 46 000 so‘m200 Stars

Pro

Ko‘p chek o‘qitadiganlar uchun obuna. Istalgan payt bekor qilinadi.

30 kunoyiga 100 ta o‘qish, navbatda birinchi200 Stars

Ishlatilmagan o‘qishlar uchun 14 kun ichida Star qaytariladi. To‘lov shartlari

Ma’lumotlaringiz

Ma’lumotlar himoyalanganUlanish shifrlangan, karta raqami va har kungi zaxira nusxalar serverda shifrlangan holda saqlanadi.
AI faqat rasmni ko‘radiO‘qish uchun faqat chek rasmi yuboriladi: ismlar, qarzlar va karta emas. Sun’iy intellekt vositasi uni 30 kun ichida o‘chiradi.
Karta shifrlanganNasiAI hech qachon PIN, CVV, muddat yoki SMS kod so‘ramaydi.
Hammasi siznikiIstalgan payt ma’lumotlarni yuklab olasiz yoki hisobni butunlay o‘chirasiz.

Maxfiylik siyosati to‘liq yozilgan.

Keyingi choyxonada sinab ko‘ring

Birinchi chekni qo‘shish bir daqiqa oladi.

Botni ochish